logo
    image
    Уровень:
    Внешкольное образование
    Тип:
    Произведение
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Asarning yetakchi qahramonlari Boburning o‘g‘li Humoyun va Humoyunning o‘g‘li Akbardir. Dastlab «Avlodlar dovoni» deb nomlangan roman keyingi nashrlarda «Humoyun va Akbar» deb nomlandi. Asarda shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros-Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo‘lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo‘riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go‘zal tasvirlanadi. Bundan tashqari, uni nozikta’b shoirona xayollar og‘ushida, muhabbatning sohir-sarosimalarida, do‘st-sadoqatdan shukronalik, xiyonatidan cheksiz iztiroblar girdobida uchratamiz. Asarning salmoqli qismi Akbar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Romanda xronikallik kuchli, lekin badiiylikni bosib ketmaydi. U tarixiylikni mustahkam tutib turishga bo‘ysundiriladi, xolos.