logo
Главная
Библиотека
Dexqonchilik va ilmiy izlanish asoslari
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Методическое руководство
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Tuproqning mexanikaviy elementlari bir-biri bilan yopishib, har xil kattalikdagi va shakldagi kesakchalar (agregatlar) hosil qiladi. Uning mexanikaviy elementlardan agregatlar hosil qilish xossasi struktura hosil qilish xususiyati deb ataladi. Agrotuproqshunoslikda tuproqning strukturasi deyilganda, uning har xil shakl va kattalikdagi tuproq agregatlariga (kesakchalariga) ajralib ketish xususiyati tushuniladi. Agronomiya nuqtai nazaridan qaraganda esa, suvda yuvilib ketmaydigan, ya’ni mustahkam bo’lgan kesakchalargina eng yaxshi hisoblanadi. Bunday kesakchalar suvga chidamli, ulardan tashkil topgan tuproq esa mustahkam strukturali tuproq deyiladi. Strukturasiz tuproqlar suv ta’sirida oson uvalanib ketadigan kesakchalardan tuzilgan bo’ladi.