logo
Главная
Библиотека
O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati kursining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati tarixi
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Текст лекций
    Автор:
    S.Jalilov
    Год издания:
    2019
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Nutq madaniyati fani o‘zbek tilshunosligining o‘ziga xos amaliy sohasidir. U tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. U til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq madaniyati fan sifatida o‘z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til normalari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatlaridir. Nutq madaniyati nazariyasida til normasi markaziy tushunchadir.