logo
Главная
Библиотека
Elektron qo’llanma yaratish uslubiyoti arxitektura-qurilish chizmachiligi fani misolida
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Магистерская диссертация
    Автор:
    G’ofir Safarov
    Год издания:
    2012
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Arxitektura qurilish chizmachiligini o’qitish nazariyasi va amaliyotini har tomonlama tahlil qilish va arxitektura qurilish chizmachiligini o’qitish jarayonida talabalar bilimlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish va tajriba-sinov o’tkazish asosida ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlashdan iborat. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardanoq erkin demokratik davlat barpo etish, xalqning ma’naviy boy va munosib hayotini ta’minlashdek ezgu maqsadni amalga oshirishga kirishdi. Biz tanlagan rivojlanish yo’li jahon tajribalarini, shuningdek asrlarga tengdosh milliy an’analar, urf-odatlarni, an’anaviy turmush tarzini har tomonlama hisobga olib, davlat va jamiyatni yangilash hamda taraqqiy ettirishga yo’naltirilgan. Mustaqillikning 20 yili mobaynida mamlakatda ijtimoiy, madaniy va xalqaro hayotning deyarli barcha tomonlariga taalluqli ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi bobida faol va samarali qadamlar qo’yildiki, bu ko’p jihatdan mamlakat fuqarolariga axborotdan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog’liqdir.