logo
Главная
Библиотека
Turk tilida qo‘llaniladigan tabu va evfemizmlar
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Выпускная квалификационная работа
    Автор:
    Nodira Kuchkarova
    Год издания:
    2012
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Tilshunoslikda tabu va evfemizmlarni o`rganish masalasi. Turk tilshunosligida tabu va evfemizmlarning nomlanishi va atamashunoslikdagi farqliliklar. Tabularning mavzulariga ko`ra turlari.Tabu va evfemizmlar hanuz turk tilshunosligida chuqur tadqiq qilinmagan, terminalogiyasi shakllantirilmagan mavzulardan biridir. Turkiyada bu mavzuga doir ko‘pgina maqolalar yozilgan. G`arb tilshunoslari bilan birgalikda turkiy xalqlar tilshunos olimlari ham bu mavzuda chuqur izlanishlar olib bormoqdalar. Shu o‘rinda tabu va evfemizmlar bilan bog`liq tilshunoslik muammolarining yechimidan ko‘proq izohlar, atamalar, atamashunoslikka doir muammolar o‘rtaga chiqmoqda. Faktlar evfemiyani endi nutqiy qatlam sifatida bir butun holda sistemali o‘rganish, uning barcha nutqiy- botiniy imkoniyatarini ochish namoyon qilish, funksional-uslubiy xususiyatlarini tasvirlash, xususan vazifaviy uslub turlariga nisbatan munosabatlarini yoritish bugungi uslubshunosligimizning eng muhim va dolzarb muammolaridan ekanligini ko‘rsatadi. G’. Abdurahmonovning “Endilikga adabiyotshunos va tilshunoslar oldida turgan muhim masalalardan biri adabiy uslub bilan nutq uslublarining umumiy va xususiy tomonlarini ochishdir” degan fikr ham ushbu mavzuni dolzarbligini ta’kidlayd Ishning o`rganilganlik darajasi. Turk tilida tabu va evfemizmlar tadqiqiga bag`ishlangan ilmiy ishlar soni cheklangan. Umumiytilshunoslikni oladigan bo`lsak, tabu va evfemizmlar ko`pgina turkiy xalqlar tomonidan, xususan qozoq, turkman, oltoy, azerbayjon, o`zbek va rus tilshunos olimlari tarafidan o`rganilgan. Ulardan S.Altayev, N.Ismatullayev, N.M.Jabbarov, V. B. Darbakova kabi tilshunoslarni keltirib o`tishimiz mumkin. Turk tilshunoslaridan K.Demirci, A.Güngör, U.Söylemez kabi tilshunos olimlar turk tilshunosligida nisbatan kam o`rganilgan tabu va evfemizmlarni tadqiqi bilan shug`ullanganlar.