logo
Главная
Библиотека
Ichki kasalliklar propedevtikasi
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Учебник
    Автор:
    A.Gadayev, M.Sh.Karimov, X.S.Axmedov
    Год издания:
    2012
    Номер УДК:
    ISBN 978-9943-25-___-_
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Mazkur kitob ichki kasalliklar propedevtikasi o‘quv rejasiga mos ravishda yozilgan va III-kurs talabalariga mo‘ljallangan. Shu bilan bir qatorda u an’anaviy yozilgan qo‘llanmalardan bir muncha farq qiladi. Unda ichki kasalliklar propedevtikasi fanining negizini tashkil etuvchi bemorlarni ob’ektiv tekshirish ko‘nikmalarini bajarish rangli tasvirlarda ko‘rsatilgan va jadvallar ko‘rinishida keltirilgan. Bunday yondashish talabalarni amaliy ko‘nikmalarni mukammal egallash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek, kitobda keng tarqalgan kasalliklar va zamonaviy asbobiy tekshirishlar to‘g‘risida ham III-kurs talabalari o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan darajada axborotlar berilgan. Bularning barchasi qo‘llanma ilk bora klinikaga qadam qo‘ygan bo‘lg‘usi shifokorlarning yaqin yordamchisiga aylanadi deyishga asos bo‘ladi. Qo‘llanma Sog‘liqni saqlash vazirligi fan va o‘quv yurtlari Bosh boshqarmasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashi tomonidan lotin va kirill alifbolarida nashrga tavsiya etilgan.