logo
    image
    Уровень:
    Дошкольное образование
    Тип:
    Сказки
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shoh bo‘lgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Kunlarning birida to‘ng‘ich o‘g‘li ovga yo‘l olibdi. Shahardan sal uzoqlashishi bilan butalar orasidan bir quyon sakrab chiqib qolibdi. Shahzoda quyonni quvlab ketibdi, tutaman deb goh u yoqqa, goh bu yoqqa chopibdi, quyon bo‘lsa dik-dik sakrab qochganicha bir tegirmon ichiga kirib yashirinibdi. Shahzoda ham uning izidan tegirmonga kiribdi. Quyon aslida quyon bo‘lmay, ajdarho ekan. Shahzodani shappa ushlabdi-da, yutib yuboribdi.