logo
    image
    Уровень:
    Общее образование
    Тип:
    Произведение
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    MUALLIFDAN Bir mamlakatga gʻanim hujum qilib, ikki aka-uka jangga otlanishibdi. Ular singillarini insof egasi hisoblangan bir tanishlariga qoldiribdilar. Qiz juda goʻzal ekan, u kishiga iblis vasvasa qila boshlabdi. Oxiri u odam gunohga botibdi-yu, “akalari kelsa nima deb javob qilaman?” deb qoʻrqibdi. Iblis “Qizni oʻldir-da, ogʻilxonaga koʻmib qoʻy, akalari kelganda “singillaring qochib ketdi”, deysan”, deb oʻrgatibdi. Shunday ham boʻlibdi. Akalar ajablanib turishganda iblis ularga boʻlgan gapni aytib beribdi, qiz koʻmilgan joyni koʻrsatibdi. Podshoh u odamni oʻlimga hukm qilibdi. Zinokor boʻyniga sirtmoq tashlanganida yana iblis paydo boʻlibdi. “Sen meni shu ahvolga solding!” debdi u odam nafrat bilan. “Sen mendan oʻpkalama, istasang seni oʻlimdan olib qolay. Shartim shuki, menga bir martagina sajda qilasan”. “Qanday sajda qilaman, boʻynim sirtmoqda-ku?” debdi u odam. “Sen menga sajdani niyat qil-da, boshingni men tomon egsang bas”, debdi iblis. Odam iblisning aytganini bajarib, boshini u tomon egib sajda qilgan ekan, sirtmoq tortilib, boʻgʻilib oʻlibdi - dunyodan iymonsiz ketibdi. Tohir Malik