logo
Главная
Библиотека
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida bilish kompetensiyalarni shakllantirish usullari
    image
    Уровень:
    Общее среднее образование
    Тип:
    Статья
    Автор:
    E.Y.Davletov Urganch DU «Boshlang‘ich ta’lim» kafedrasi o‘qituvchisi, I.Y.Davletov, Urganch DU professori
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Bilish kompetensiyasini shakllantirishning eng samarali uslublaridan biri dars jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirivchi, faol aqliy harakatlarda o‘rgatish uchun muammoli vaziyatlarni tashkil etishdir. Bu faollik o‘quvchining tahlil qilishida, taqqoslashida, sintez qilishida, shundan yangi ma’lumot olishida ko‘rinadi. Bilish jarayonini amalga oshirish navbatdagi ko‘nikma, malakalar uslublaridan foydalanishni taqoza qiladi: maqsadga yo‘naltirilgan mexanizmlardan foydalanish, rejalashtirish, tahlil, reflekslar, o‘z faoliyatini muvaffaqiyatini baholash; manbaa tuzishni aniqlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini sabablarini aniqlash; qiyoslash, taqqoslash, taklif qilingan bir qancha asoslar yoki manbaalarga xos guruhlashtirish; turli uslublardan foydalanish asosida qurshab olgan dunyoni bilish (kuzatish, eksperment, tajriba, modellashtirish kabilar); aniq faktlar, fikrlar, isbotlash, bashorat kabilarni farq qila bilish ko‘nikmasi; o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi orqali kompetentsiyalarni shakllantirish.