logo
Главная
Библиотека
Deutsch macht spaв 1-sinf uchun Nemis tili
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Учебник
    Автор:
    Manzura Dadahodjayeva, Zuchra Narbekova, Arsigul Mirsalimova, Renata Fayzullina, Dilbar Tadshibayeva, Tanzilya Gafurova, Natalya Suxanova, Alia Bekanacheva, Lutfulla Holiyorov
    Год издания:
    2013
    Номер УДК:
    UO'K 811.112.2 (075) КВК81.2 Nem D 32
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Deutsch macht Spate o'quv-metodik majmuasi sizning e'tiboringizga havola etilmoqda! Ushbu o'quv-metodik majmua 1-sinf o'quvchilariga alifboni o'rgatmasdan turib nemis tilini o'rgatishning eng zamonaviy, eng ilg'or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar prinsipi asosida yaratildi. Shu o'rinda hukumatimiz to- monidan olg'a surilayotgan alifboni o'rgatmagan holda nemis tilini butun bir kurs davomida o'rgatish usuli Jahon amaliyotida hali misli ko'rilmagan yangicha bir yondashuv ekanligini alohida ta'kidlab o'tishimiz joiz. O'quv-metodik majmua Darslik, "O'qituvchi uchun metodikqo'llanma" hamda Multimedia DVDdan iborat bo'lib, ko'pdan ko'p qiziq va ajoyib mashqlar, o'yinlar, she'rlar, qo'shiqlar va shu kabilarni o'z ichiga olgan. Ularni bolajonlarimizga maqsadga muvofiq ravishda yetkazishda, albatta, Siz aziz murab¬biylar va muhtaram ota-onalarning hissasi beqiyosdir. 1-sinf davomida o'qish va yozuvsiz nemis tilini o'rgatish usuli mamlakatimiz, qolaversa, butun dunyo til o'qitish tarixida yangilik bo'lganligi tufayli, u ayrim kamchiliklardan xoli emasligi tabiiy. Shu bois o'quv-metodik majmua yuzasidan bildiradigan fikrlaringiz biz mualliflar uchun qimmatlidir.