logo
Главная
Библиотека
Mеtrоlоgiya, stаndаrtlаshtirish vа Sеrtifikаtlаshtirish
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Учебное пособие
    Автор:
    M. I. Maxmudov, N. N. Mirzoyev
    Год издания:
    2016
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Metrologiya fan sifatida o`lchashlar, ularga bog`liq va tegishli bo`lgan qator masalalarni o`z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo`lib, o`lchash, o`lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma`nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo`lsak, metrologiya - o`lchashlar haqidagi fan. Inson aql-idroki, zakovati bilan o`rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo`nalishini olmaylik, albatta o`lchashlarga, ularning turli usullariga, o`zaro bog`lanishlariga duch kelamiz. Bu o`lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o`lchashni talab etilgan aniqlikda ta`minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo`nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo`lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog`liq.