logo
Главная
Библиотека
Sotsial stratifikasiyaning tarixiy tiplari
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Реферат
    Автор:
    Mamadaliev A
    Год издания:
    2016
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Sotsiologlar sotsial harakatchanlikni stratalarga (qatlamlarga) bo‘lingan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati deb biladilar va uni gorizontal hamda vertikal harakatchanlikka ajratadilar. Kishilarning aynan bir tabaqa ichidagi harakati, masalan, ish joyini yoki turar joyini o‘zgartirishi gorizontal harakatchanlikni anglatadi. Vertikal harakatchanlik esa quyi tabaqalardan yuqori tabaqalar tomon va aksincha qilingan harakatni bildiradi. Amerikalik sotsiolog Seymur Lipsetning fikricha, jamiyatda stratifikasiya tizimi sotsial zinaning quyi pog‘onasida turganlarga norozilik manbai sifatida ta’sir qiladi, shuning uchun ham stratifikasiya tizimi ajralishning manbaidir, ammo shu bilan birga u kishilarni turli lavozimlarga tayinlashning va ularni o‘z vazifalarini ado etishga rag‘batlantirishning asosiy mexanizmidir.