logo
Главная
Библиотека
Motamsaro ona xaykali qoshidagi o‘ylar
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Реферат
    Автор:
    Xolmatov X
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Har doim tarix fani darsligini varoqlar ekansiz ikkinchi jahon urushi sahifalariga etib kelganda vujudingizni titroq bosadi. Bu insoniyat tarixidagi eng katta fojea nima sababdan kelib chiqgan va u qaytarilmas ekanmi, degan xayollar ko‘ngildan o‘tadi. Ma’lumki, odamzod o‘zining ongli hayot kechira boshlagan besh ming yillik umrida o‘n to‘rt ming marta urush ko‘rdi, bu urushlarda ne-ne mamlakatlar, ellar, elatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ammo mehnatkash xalq, umum bashariyat bundan zarracha ham naf ko‘rmadi. Aksincha, o‘sha urushlar tufayli er yuzi aholisi vayronalik va azob-uqubat ichida yashadi.