logo
Главная
Библиотека
Malakaviy amaliyot dasturi
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Учебное пособие
    Автор:
    Qulmurotov S
    Год издания:
    2015
    Номер УДК:
    123
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom” ning bandiga muvofiq 5230200 – “Menejment” (ishlab chiqarish) ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi. Hozirgi kunda Respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimini amalga oshirilayotgan islohatlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi talab etilmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirilib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o‘rni beqiyos.