logo
Главная
Библиотека
QUVVATI 6,3 MVA BO`LGAN IKKI CHULG`AMLI TRANSFORMATORNING RELELI HIMOYASI
    image
    Уровень:
    Высшее образование
    Тип:
    Выпускная квалификационная работа
    Автор:
    XOJAYEV SHUHRAT SHANAZAROVICH
    Год издания:
    2016
    Дата создания:
    03.09.2023
    0
    Energetik tizim – murakkkab bo‘lgan ko‘p pog‘onali texnik tizimdan iborat bo‘lib, u elektr energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan. Hamma ishlab chiqarish texnologik jarayonlar o‘z navbatida energetika tizimida energiya ishlab chiqarish, taqsimlash va ist’emol qilishning borish tezligiga o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Energetika tizimida elektr jihozlarining har xilligi, turliligi bilan muhim xarakterlanish tamonlari bo‘ladi. Energetik tizim tarkibiga o‘z navbatida generatorlar, transformatorlar, yuqori kuchlanishli energiya uzatish liniyalari kommutatsiya apparatlari: uzgichlar, ajratgichlar, ulchovchi, o‘zgartgichlar, tok va kuchlanish transformatorlari, nazorat vositalarini boshqarish va nazorat qilish kiradi. Odatda normal ish rejimi uchun bu tizimning birlamchi energiyasini o‘zgartirib elektr energiyaga aylantirish va uni iste’molchiga uzatuvchi sifatida qarash mumkin. Ammo elektr jihozlarining buzilishi hisobga olinmasa bu tizimni ishga yaroqsiz holatga keltirish mumkin.