Фильтры

Ислом Каримов ЮКСАК МАЪНАВИЯТ – ЕНГИЛМАС КУЧ

Zarkokil malika


  
- 0 +
Уровень:
Общее среднее образование
Дата создания:
2016-04-07 12:20:17
(Chexiya xalq ertagi) Bor ekan, yo‘q ekan, qaysidir bir mamlakatda zolim va ezma qirol yashagan ekan. Bir kuni qirol saroyiga allaqanday chayqovchi ayol savatda yangigina baliq olib kelib: -Manavi baliqni xarid qil, qirol, keyin xursand bo‘lasan, — debdi. Qirol baliqqa nigoh tashlab qo‘yarkan: -Saltanatimda bunday baliq ko‘rmagandim, zaharli baliq emasmi? — debdi. -Zinhor, — debdi chayqovchi ayol. — Baliqni qovurishga amr et, uni yesang, shu zahoti barcha hayvon, baliq va parrandalarning tilini tushunadigan bo‘lasan.

Qora alvastining sovg'asi


  
- 0 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 12:15:54
(Polyak xalq ertagi) Bor ekan-u, yo‘q ekan, qaysidir qishloqda bir kambag‘al dehqon bo‘lgan ekan. U nechog‘li jon kuydirib mehnat qilmasin, loaqal oilasining qornini to‘yg‘aza olmas ekan. Shu sabab qo‘shnilari dehqonga «Sho‘rpeshona» deb laqab qo‘yishgan ekan. O‘sha sho‘rpeshonaga otasidan bir parchagina yer meros qolibdi. Yer bo‘lgandayam qanaqasi deng? Chap tomoni botqoqzor, o‘ng tomoni qumloq bo‘lib, unda hatto yulg‘un ham o‘smas ekan. Faqat o‘rtasida bir parchagina yer bo‘lib, u ham boshdan oyoq o‘ydim-chuqur, toshloq ekan. Bunday yerdan hosil undirishga yo‘l bo‘lsin!

Devlar bilan botir cho'pon


  
- 0 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 12:04:21
(Polyak xalq ertagi) Bir dehqon yigit bo‘lgan ekan, afti-angori shu qadar xarob ekanki, egnidagi kiyimlari mingyamoq, oyog‘idagi chorig‘i undan battar. Boshi oqqan tomonga ketib borarmish-u, yurishi sira unmasmish: oyoqlari qumga chuqur-chuqur botib ketar, yo‘l chekkasidagi tikonli butalar kiyimini yumdalab tortar ekan. Shuncha yursa ham hali-veri yo‘lning oxiri ko‘rinay demasmish. Dehqon yigitning oti Pavel ekan, onasi erkalab uni Pavlusha — Paveljon deb chaqirar ekan. Xo‘sh, Paveljon shu ketishida qayoqqa yo‘l oldi ekan? Uyida oyog‘ini cho‘zib, mazza qilib o‘tirsa bo‘lmasmidi?

Mushuk, qo'chqor va xo'roz


  
- 1 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 12:01:20
(Chexiya xalq ertagi) Bir dehqonnikida bir mushuk yasharkan-u, uy bekasi Verunaning uni ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q ekan. Sho‘rlik jonivorni ayamay urar, qon qaqshatar, ovqat bermay och-nahor tashlab qo‘yarkan. Oxiri bunday xo‘rliklarga chidolmagan mushuk: -Menga kun bermaydigan bo‘lsang, sichqonlarni o‘zing tut, — debdi-da, uyidan bosh olib chiqib ketibdi. U o‘rmondan ketib borayotgan ekan, bir qo‘chqor duch kelibdi. -Salom berdik, qo‘chqortoy, yo‘l bo‘lgay? — debdi mushuk.

Manglayida yulduzi bor yigit


  
- 1 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:58:19
(Bulg‘or xalq ertagi) Necha zamonlar ilgari bir ochiqko‘ngil va mehnatsevar odam yashagan ekan. Uning hech nimadan kamchiligi yo‘q ekan — uy desa dang‘illama hovlisi, pul desa bitmas-tuganmas davlati, bisot desa otdan tortib jonivorning hamma turigacha hovlisini to‘ldirib turarkan. Faqat bolalari yo‘q ekan, shu tufaylidan uning ich-etini g‘am kemirarkan. Xudoning bermish kuni uzoq-uzoq mamlakatlardan kelgan musofirlar unikiga qo‘nar, mehmondo‘st uy sohibi ochiq chehra bilan ularni qarshi olar, ichkariga taklif qilar, beka esa o‘choqboshida kuymanib, mehmonlarga turli-turli ovqat lar pishirar ekan.

Yo‘lbars va yo‘lovchi


  
- 1 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:55:47
Koreys xalq eratagi Tog‘da ikkita kichik-kichik qishloq bo‘lgan ekan. Ularni bir- biri bilan dovon orqali o‘tadigan yolg‘izoyoq yo‘l tutashtirib turarkan. O‘sha yerlarda bir vaqtlar bir yo‘lbars bo‘lar ekan. U har yili yo‘lovchilarga hamla qilishni o‘ziga odat qilib olgan ekan. Qishloq oqsoqollari uzoq maslahatlashib, oxiri yo‘lbarsga tuzoq qo‘yishga qaror qilishibdi.

Ayiqning dumi nega cho‘ltoq?


  
- 1 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:54:13
Indoneziya xalq ertagi Bir kuni yumronqoziq ini og‘zida yong‘oq chaqib o‘tirgan ekan, birdan unga qarab kelayotgan yo’lbarsga ko‘zi tushibdi. “Tamom bo‘ldim”, - deb o’ylabdi yumronqoziq va qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titray boshlabdi. Nima qilish kerak? Ayyor yumronqoziq o‘zini darrov qo‘lga olib-di. U yong‘oqni qarsillatib chaqarkan: - Bu yo‘lbarsning ko‘zi bunchalik shirin bo‘lmasa-ya! - deb xitob qilibdi. Bu so‘zlarni eshitib yo‘lbars qo‘rqib ketibdi. U qadamini sekinlashtiribdi, keyin orqasiga burilib iziga qaytib ketibdi. Yo‘lbars o‘rmondan ketib borarkan, yo‘lida unga ayiq uchrab qolibdi.

Garanglar


  
- 0 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:46:04
(Qoraqalpoq xalq ertagi) Burungi zamonda bir garang yashagan ekan. Uning oltita echkisi bo‘lib, ularni sotish uchun bir kuni bozorga haydabdi. Bozorga kelayotib, dam olish uchun o‘tiribdi-da, uxlab qolibdi. Uyg‘onib qarasa — echkilari yo‘q! U tepaning boshiga yuguribdi, bu tepaga yuguribdi, ammo echkilaridan darak topolmabdi. Shunda garang o‘zicha yig‘lab: «Echkilarim ichida siniq mo‘g‘izli ola echkimning suti ko‘p edi, topib berganga shuni sadaqa qildim!» — debdi. U yugurib-yugurib, qo‘sh haydayotgan dehqonga duch kelibdi. Unga: — Echkilarimni ko‘rdingmi? Oltita edi, bozorga haydab ketayotib, yo‘lda uxlab qolibman, echkilarim uloqib ketib qolibdi, ko‘rgan bo‘lsang, ayt, bir echkimni senga beraman! - debdi.

Tegirmon


  
- 0 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:44:14
(Venger xalq ertaklari) Bu gaplar o‘zi yo‘q joyda bo‘lgan ekan, u joyni so‘rasangiz ummonning naryog‘i-yu yana uch qadam orqada joylashgan ekan, cho‘chqacha og‘aynilariga gajak dumi bilan yer kavlashni o‘rgatar ekan... O‘sha yurtlarda bir kambag‘al odam yashar ekan. Uning bolalari elakning teshiklaricha ko‘p bo‘lib, yana bitta ortiqchasi ham bor ekan. Bolalari o‘ziga yetib ortar ekan-u, ammo ularni qanday boqib katta qilish kambag‘alni o‘ylatib qo‘yibdi. Uning hisobida bor-yo‘g‘i ikkitagina ho‘kiz bor ekan. Koshkiydi ho‘kizlari odatdagi ho‘kizlardan bo‘lsa, kattaligi no‘xatdek-no‘xatdek kelarmish — yerdan ko‘rinmasmish.

Qalandar


  
- 0 +
Уровень:
Дошкольное образование
Дата создания:
2016-04-07 11:41:54
(Qoraqalpoq xalq ertagi) Burungi zamonda bir garang yashagan ekan. Uning oltita echkisi bo‘lib, ularni sotish uchun bir kuni bozorga haydabdi. Bozorga kelayotib, dam olish uchun o‘tiribdi-da, uxlab qolibdi. Uyg‘onib qarasa — echkilari yo‘q! U tepaning boshiga yuguribdi, bu tepaga yuguribdi, ammo echkilaridan darak topolmabdi. Shunda garang o‘zicha yig‘lab: «Echkilarim ichida siniq mo‘g‘izli ola echkimning suti ko‘p edi, topib berganga shuni sadaqa qildim!» — debdi. U yugurib-yugurib, qo‘sh haydayotgan dehqonga duch kelibdi. Unga: — Echkilarimni ko‘rdingmi? Oltita edi, bozorga haydab ketayotib, yo‘lda uxlab qolibman, echkilarim uloqib ketib qolibdi, ko‘rgan bo‘lsang, ayt, bir echkimni senga beraman! - debdi.
Сообщить об ошибке Транслит