logo
Asosiy
Kutubxona
Bitta qochuvchi va bir nechta quvlovchi bo‘lgan hol uchun -tutish masalasi.
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Magistrlik dissertatsiyasi
    Muallif:
    Uralova S
    Nashr etilgan yili:
    2019
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Tabiatda uchraydigan turli jarayonlar (fizik, ximik, mexanik, biologik va boshqalar) o‘z harakat qonunlariga ega. Ba’zi jarayonlar bir xil qonun bo‘yicha sodir bo‘lishi mumkin, bunday hollarda ularni o‘rganish ancha yengillashadi. Ammo jarayonlarni tavsiflaydigan qonunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri topish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Xarakterli miqdorlar va ularning hosilalari orasidagi munosabatlarni topish tabiatan yengil bo‘ladi. Ko‘pgina tabiiy va texnika masalalarini yechish shunday noma’lum funksiyalarni izlashga keltiriladiki, bunda bu funksiya berilgan hodisa yoki jarayonni ifodalab, ma’lum munosabatlar va bog‘lanish esa shu noma’lum funksiya va uning hosilalari orasida beriladi. Mana shunday munosabat va qonunlar asosida bog‘langan ifodalar differensial tenglamalarga misol bo‘ladi. Differensial o‘yinlar nazariyasi bevosita differensial tenglamalar assosida shaklantirilgan.