logo
Asosiy
Kutubxona
JAVAFX da tasvirlar bilan ishlash sinflari
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Maqola
    Muallif:
    Р. Пирова
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Tasvirlar bilan ishlash uchun JavaFX da asosan 2 ta sinf aniqlangan. Bu sinflar Image va ImageView hisoblanadi. Bu sinflardan Image tasvirlarni inkapsulyasiyalasa, ImageView sinfi esa tasvirning ekrandagi holatini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu ikkala sinf ham javafx.scene.image paketida joylashgan. Image sinfi tasvirni URL manzilidan yoki ko`rsatilgan manzildan InputStream turi yordamida o`qib oladi [1,2]. Shuningdek Image sinfida bir nechta konstruktorlar aniqlangan. Aks holda tasvir ko`rsatilgan URL dan yuklanadi. Biz soddalik uchun keyingi qadamlarda local manzilda joylashgan fayldan tasvirlarni yuklashni qaraymiz. Image sinfining boshqa konstruktorlari tasvirning o`lchamini hisobga olib yuklashni ham amalga oshiradi.