Daraja:
Oliy ta‘lim
Tur:
Magistrlik dissertatsiyasi
Muallif:
U.Xurramov
Nashr etilgan yili:
2019
Yaratilgan vaqti:
03.09.2023
Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni hamda ta’limni rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini amalga oshirish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasini jahon bozorlariga chiqishi va u yerda o‘ziga munosib o‘rinni egallashi uchun ilm-fan yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalaniladigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladigan iqtisodiy tizimni shakllantirishi shart. Bunday mas’uliyatli vazifani mukammal darajada bajarish uchun esa milliy ilm-fanni hamda kadrlar tayyorlash tizimini jadal tarzda rivojlantirishga katta ahamiyat berilishi darkor.