logo
Asosiy
Kutubxona
Pedagogika psixologiya
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Ma'ruza matni
    Muallif:
    H.Haydarova, M.Dadaxodjayeva, G.Sattikulova
    Nashr etilgan yili:
    2019
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqildi. Birgina “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga , istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo’naltirilganligini keltirish kifoya.