logo
Asosiy
Kutubxona
Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish texnologiyasi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Ma'ruza matni
    Muallif:
    Xojimatov A.
    Nashr etilgan yili:
    2020
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Qurilish ishlab chiqarishi deb, yangidan qurilayotgan mavjudlarni qayta modernizatsiyalash yoki ta’mirlash amalga oshirilayotgan ob’ektlardagi ishlarga aytiladi. Suv xo’jaligi qurilishi pudrat yoki xo’jalik usulida bajariladi. Pudrat usuli deb, qurilish ishlarini maxsus qurilish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishiga aytiladi. Xo’jalik usuli-tashkilotning o’z kuchi bilan qurilish ishlarini bajarilishidir.Inshootlar, tizimlar va ob’ektlarni qurilishi loyiha tashkilotlari (institutlar,institut sho’’balari,loyiha guruxlari) tomonidan vazirliklar,ayrim tashkilotlar va xo’jaliklarning kapital qurilishlar bo’yicha yagona davlat rejasiga mos ravishda ishlangan topshiriqlariga binoan ishlangan texnik loyihalar asosida amalga oshiriladi.