logo
Asosiy
Kutubxona
O‘ZBEK FOLKLORIDA XALFALAR IJODINING O‘RNI
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Monografiya
    Muallif:
    OLLABERGANOVA SANOBAR XAMIDOVNA
    Nashr etilgan yili:
    2021
    UDK raqami:
    821.512.133
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Hozirgi kunda mamlakatimizda istiqlol tufayli yuzaga kelgan yangilanish jarayoni tobora kuchayib bormoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosini olamshumul ishlar amalga oshirilayotir, iqtisod, ma’naviyat va madaniyat jabhalaridagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bu yo‘nalishlardagi yutuqlarni ta’kidlab, haqli ravishda “avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosni har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdagi etishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yahlit tasavvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftihor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan”1-degan edi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida milliy adabiy qfdriyatlarimizni asrash, o‘rganish izchil amalga oshirilib, ma’naviy tiklanish masalalariga jiddiy ahamiyat berildi. Yaqin vaqtlargacha turli sabablarga ko‘ra unutilgan yoxud kamsitilgan milliy an’ana va qadriyatlarimiz, jumladan, madaniy-adabiy merosimiz o‘zimizga qaytdi, uni milliy istiqlol mafkurasi asosida xolis va haqqoniy o‘rganish boshlandi. Shu merosning bir qismi bo‘lmish folklor asarlari milliy qadriyat sifatida badiiy tafakkurning har bir bosqichida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan. Xalqning turmush tarzi, orzu-o‘ylari, ruhiy olami va intilishlarini aks ettirgan bu jarayonda, tabiiyki, folklor asarlarini yaratuvchilar va kuylovchilar - baxshi, jirov, oqin va xalfalar ijodi etakchi rol o‘ynagan.