logo
Asosiy
Kutubxona
Dasturlash tillari haqida tushuncha
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Abirova S
    Nashr etilgan yili:
    2009
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Algoritmlarni yozish uchun qo'llaniladigan tillar algoritmik tillar deb ataladi. Algoritmik tilni EHM ham tushunsa, u holda bu til dasturlash tili deb ataladi. Demak, algoritmik til yoki dasturlash tili ham berilgan misol yoki masalani yechish algoritmining yozish usullaridan biri ekan. Shu yozish ususllarining qanchalik mashinaga bog’liqligi yoki tabiiy tillarga yaqinligiga qarab ular turlicha nomlanadi. Ma'lumki, har bir EHM o'zining buyruqlar (komandalar) sistemasi va mashina tiliga ega. Bu til ma'lum qonun-qoidalar asosida yozilgan 0 va 1 raqamlari ketma-ketligidan iboratdir. Bu qonun-qoidalar asosan, ma'lum bir EHM qurilmalarining tuzilishiga bog’liq bo'lib, aynan shu quruq mashinalari uchun o'rinlidir. Har bir EHM o'zining tilida yozilgan dasturnigina tushuna oladi va uni ijro etadi. Masalan, ikkinchi avlodga tegishli BESM-6 mashinasida ifodani hisoblash dasturi quyidagicha bo'lishi mumkin: