logo
Asosiy
Kutubxona
Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Qodirov Sherzod
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Vatanimiz tarixi o’zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o’tmaganligi, uning rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo’lganidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli davlat bo’lganligi jahonga ma’lum. U o’z vorislariga nafaqat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni qoldirgan edi. «... Farzandlarim va avlodimdan bo’lganlarning har biri,- deb yozgan edi u o’zining tuzuklarida,- unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o’z saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga etadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo’lg’ay»