logo
Asosiy
Kutubxona
Bo‘linma komandirlarining yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida barqaror axloqiy-ruhiy holatlarni saqlashda tutgan o‘rni va roli
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    F.S. Nizamov
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Armiyada ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini kamol toptirish, harbiy jamoalarda sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishda qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash Qurolli Kuchlarimiz barcha bo‘g‘inlari komandirlarining alohida muhim vazifasidir”. Belgilab berilgan ushbu ustuvor vazifani amalga oshirish maqsadida guruh, bo‘linma (seksiya, ekipaj, raschet)lar va ular bilan ishlash, xususan yosh harbiy xizmatchilar, ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, kechinmalar, e’tiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular hamda ularning xulq-atvorida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlar haqida fikr yuritish Qurolli Kuchlar uchun eng dolzarb masalalardandir.