logo
Asosiy
Kutubxona
Madaniyatshunoslik
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Ma'ruza matni
    Muallif:
    : prof: Y.A. Ergasheva dots: D.I. Vasiyeva
    Nashr etilgan yili:
    2015
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Kirish Madaniyatshunoslik (Madaniyat nazariyasi va tarixi) fani Oliy va o’rta mahsus ta'lim vazirligi tizimida o’qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibidagi eng yosh fandir. Mustaqillik sharofati bilan Madaniyatshunoslik fanini o’rganish va o’qitish Oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga kiritildi. Mazkur fan madaniyat nazariyasi va tarixiga oid masalalarni ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash bilan cheklanib qolmaydi, balki talabalarning madaniyatning mohiyatini aniqlab olishlari va to’g’ri anglay olishlariga, malaka va ko’nikma hosil qilishlariga hamda ijodkorlik mayillari va qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Undan tashšari xalqimizning ming yillar davomida yaratilgan milliy qadriyatlari, an'analari, diniy e'tiqodi, tili, dunyoqarashi va tafakkuridan iborat ma'naviy madaniyat va merosini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish asosida milliy istiqlol g’oyasining tamoyillarini yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish, o’z imkoniyatlarini erkin namoyish qilish, vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish ma'naviyat vohasi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarning shu jumladan «Madaniyatshunoslik» predmetining, asosiy vazifalaridan hisoblanadi.