logo
Asosiy
Kutubxona
Shahrisabzdagi Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyining tashkil etilishi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Maqola
    Muallif:
    Xosiyatov X
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Shahrisabz shahar Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi Shahrisabz shahar hokimining 1996 yil 8 maydagi № X– 136/5 –sonli qarori asosida tashkil etilgan hamda Qashqadaryo viloyat Madaniyat ishlari boshqarmasining 1996 yil 14 noyabrdagi 67–sonli buyrug’i asosida o’z faoliyatini boshlagan. Muzey ma’muriyati, fond xonalari hamda ekspozisiyasi YuNESKO ning “Jahon merosi” ro’yxatiga kiritilgan XVI asrda qurilgan Chubin madrasasi majmuida ishlab kelmoqda. Muzey O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan e’lon qilingan 2011 yil “Kichik beznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida belgilangan chora tadbirlarni amalga oshirish uchun ilmiy-ma’rifiy yunalishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib bordi.