logo
Asosiy
Kutubxona
Kanal trassasidagi gidrotеxnika inshootlarining gidravlik hisobi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Kurs ishi
    Muallif:
    N.Sarmonov
    Nashr etilgan yili:
    2015
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Kurs ishi «Kanal trassasidagi gidrotexnika inshootlarining gidravlik hisobi» mavzusida bajariladi. Kanal trassasining inshootlar barpo etiladigan qismi, о‘zan tubining nishabligi bо‘yicha uchta uchastkadan tashkil topadi. Kanalning birinchi uchastkasi bosh va quvurli inshootlar oralig‘ida, ikkinchisi quvurli inshootdan tutashtiruvchi inshootgacha bо‘lgan chegarada, uchinchisi esa trassaning tutashtiruvchi inshootdan keyingi qismida joylashadi. Bosh inshoot manba (daryo yoki soy) dan kanalga kafolatlangan suv olib berish vazifasini bajaradi. Konstruksiyasi bо‘yicha inshoot ochiq rostlagichlar turiga kiradi. Inshootning kirish qismi keng ostonali vodosliv, kirish va ketuvchi kanal (trassaning birinchi uchastkasi) oralig‘idagi qismi suv urilma hovuz shaklida konstruksiyalanadi. Vodosliv va suv urilmaning kengliklari kurs ishida bir xil qiymat bilan qabul qilinadi, ularning kо‘ndalang kesimlari tо‘g‘ri burchakli (vertikal devorli) shaklga ega. Gidravlik hisoblar bо‘yicha inshoot suv о‘tkazuvchi qismi oralig‘ining kengligi va suv urilma hovuzning о‘lchamlari aniqlanadi.