logo
Asosiy
Kutubxona
Natyurmortlar rasmi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Hasanova Gulshan
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. R. asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom R.ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang , ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. R.ning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin.