logo
Asosiy
Kutubxona
Farg’ona vodiysida ipakchilik tarixi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Magistrlik dissertatsiyasi
    Muallif:
    Patxiddinov Ruxiddin
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Farg’ona vodiysi XIX asr 2-yarmi XX asr 1-yarmida ipakchilik rivojlangan markazlardan biri bo’lgan. Mahalliy aholi milliy kiyimlarining anchagina qismini ipak va yarimipak matolar tashkil etgan. Hunarmandlar atlas, adras, shoyi, kanoviz, beqasam, banoras kabi hozirda ham mashxur bo’lgan matolar to’qiganlar. Qo’qon xonligining Buxoro, Xiva, Rossiya, Sharqiy Turkiston, Afg’oniston, Hindiston bilan olib borgan tashqi savdosining katta qismini ipak va ipak mahsulotlari tashkil etdi. 1876-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo’qon xonligi tugatildi va uning hududida Turkiston general-gubernatorligiga bo’ysunuvchi Farg’ona viloyati tuzildi. Shu paytdan boshlab ipakchilikning rivojlanishi sof mustamlakachilik harakteriga ega bo’ldi. Oktyabr to’ntarishidan keying o’zgarishlar ham ipakchilikka katta ta’sir ko’rsatdi.