logo
Asosiy
Kutubxona
Rossiya imperiyasi tarkibidagi turk – musulmon xalqlari o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy munosabatlar
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Magistrlik dissertatsiyasi
    Muallif:
    Rasulova Rislig’oy
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgach, o’n yillar davom etib kelgan tarixga noxolisona yondashuv, tarixiy dalillar va talqinlarga hukmron mafkura nuqtai nazaridan baho berishga barham berildi. Tarix o’zining tutgan o’rniga ko’ra saboq chiqarishga, yosh avlodga bosib o’tgan yo’limizdagi barcha voqea – hodisalarni tanqidiy o’rganishga, milliy g’ururga, zafarli davrlar bilan qarama – qarshiliklar, ziddiyatlar, qo’yilgan xato va kamchiliklarni ham chuqur tahlillar asosida o’rganishi bilan muhim ahamiyatga ega. Turk - musulmon xalqlari tarixini, ayniqsa uni madaniy – ma’rifiy, ijtimoiy – siyosiy jihatdan, milliy uyg’onish davri deb e’tirof etilgan XIX asr oxiri – XX asr boshlarini o’rganish muhim ahamiyatga molik bo’lib, bu mavzuning bugungi kunda dolzarbligini belgilaydi. Chunki mustaqillik yilarida Vatanimiz tarixi, millatlararo munosabatlar, Turkistonning Rossiya imperiyasi, sovet tuzumi mustamlakachilik davriga oid tarixiy jarayonlar, ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy ahvol, qurolli qarshilik harakati, oziq – ovqat tanqisligi, xotin – qizlar ahvoli kabi bir qancha masalalar tadqiqot ob’ekti bo’lgan bo’lsa – da, shu paytga qadar Rossiya imperiyasi tasarrufi va ta’sir doirasiga turli davrlarda kiritilgan – bo’ysundirilgan turk - musulmon xalqlarining o’zaro ijtimoiy – siyosiy, madaniy – ma’rifiy munosabatlarini kompleks tarzda, alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan. Shu sababdan ham tadqiqot ob’ekti sifatida Rossiya imperiyasi hududida istiqomat qilayotgan, tili, dini va ruhiyati bir – biriga yaqin bo’lgan, tarqqiyot bosqichi va turmush tarziga ko’ra bir – biriga yaqin va ayni paytda, ”uzoqni mo’ljallab” bir–biridan ayrilgan turk - musulmon xalqlarining o’zaro hamkorligi, bir – biriga suyanishi va bu borada turli ziddiyatli holatlarga qarshi tura berishi turli tarixiy manba va adabiyotlar asosida o’rganishni, tarixiy jihatdan tahlil qilishni va ilmiy xulosalar chiqarish zaruriyatini keltirib iqaradi.