logo
Asosiy
Kutubxona
Hayvonot dunyosi monitoringi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Kurs ishi
    Muallif:
    Geldiyev S
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    O`zbekiston xayvonlari paleoarktika zoogeografik oblastning Markaziy Osiyo kichik oblastiga kiradi. Jumhuriyat hayvonot dunyosi juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Ba`zi xayvon turlari jumhuriyat xududining o`zida paydo bo`lsa, ba`zi turlari Turkistonning boshqa joylaridan o`tgan. O`zbekiston xududida paydo bo`lgan hayvon turlariga ingichka barmoqli yumronqoziq, ko`k sug`ur, Bobrinskiy qo`shoyog`i, xo`jasavdogar, qum bo`g`ma iloni, Turkiston gekkoni, Turkiston agamasi, katta kurakburun baliqlar, Orol shipi va boshqalar kirib, ular boshka joylarda deyarli uchraymaydi. O`zbekiston tabiati xilmaxil bo`lib, uning cho`l qismida bir xil tabiiy muhit mavjud bo`lsa, to`kaylarda ikkinchi xil, adir va tog`larda yana boshqacha muhit. vujudga kelgan. O`zbekiston hududida yashovchi sirtlon, chiyabo`ri, kobra (ko`zoynakli ilon) kabi hayvon turlari Hindistondan kirib kelsa oq sichqon va qo`ng`ir ayiq yyevropaning shimoli uchun xosdir.