logo
Asosiy
Kutubxona
Sho'rlangan daryo deltasi tuproqlarini subirrigatsiya jarayonini o'rganish
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Rajabboyeva Navbahor Sultonboy qizi
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    O'zbekiston Respublikasi dexqonchiligida keyingi vaqtlarda, yildan-yilga, qishloq xo'jaligi ekinlarni sug'orishda foydalaniladigan tabiiy daryo suvlari kamayishi kuzatilmoqda. Bu o'z navbatida qish va bahorning quruq kelishi, g'o'za va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish maqsadida yangi yer maydonlarining o'zlashtirilishi kabi ko'plab omillarga bog'liqdir. Qishloq xo'jaligidagi bunday holat qo'shimcha suv zaxiralarini izlab topishni ta'qoza qilmoqda. Bunday suv zaxiralaridan biri – tuproq sho'rini yuvishda va texnik ekinlarni sug'orishda ishlatilishi mumkin bo'lgan tabiiy suv zaxiralarini tejash imkoniyatlarini yaratuvchi texnolo'giyalardan foydalanishdir. Tabiiy oqova suvi tanqisligi davrida bunday subirrigatsion jarayonlardan foydalanish tanqis ta'biiy daryo suvlaridan samarali foydalanib tuproq sho'rini yuvish yoki ayrim texnik ekinlarni sug'orishda ishlatish xalq xo'jaligida katta a'hamiyat kasb etadi.