logo
Asosiy
Kutubxona
Harbiy ta'limda fazoviy tafakkur tushunchasining ahamiyati
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    H.J.TO‘XSAYEVA
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Yuqori texnologiyalar jadal rivojlanayotgan, turli axborotlar oqimidagi bugungi kunimiz ta'limda yangi sifatdagi talablarni vujudga keltiradi. Vatan himoyasi va kuchli axborotlashgan jamiyat uchun tashabbuskor, ijodkor, nostandart holatlarda to‘g‘ri qaror chiqaradigan, turli hayotiy vaziyatlarda o‘z egallagan bilimlarini mustaqil ravishda qo‘llay oladigan yuqori salohiyatli shaxsni tarbiyalash zarur. O‘zbekiston harbiy ta'lim tizimi ham vaziyatni to‘g‘ri tahlil qila oladigan va oldindan baholay oladigan, faqatgina o‘z harakatlarini emas, balki boshqalarning ham fazoviy borliqdagi harakatlarini to‘g‘ri rejalashtiradigan va korrektirovka qila oladigan, o‘zini anglay oladigan va rivojlantira oladigan shaxsni shakllantirishga qaratilgan.