logo
Asosiy
Kutubxona
Berilgan jismning ko`rsatilgan suyuqlikdagi holatini aniqlovchi dasturiy ta`minot yaratish
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Kurs ishi
    Muallif:
    Aliyev Oybek
    Nashr etilgan yili:
    2015
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblnadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari informatika qonun – qoidalari asosida takomillashtiriladi. Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin.