logo
Asosiy
Kutubxona
Axborot tizimlarida axborotlarni kriptografiya algoritimlar asosida ximoyalash
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Davlanov U
    Nashr etilgan yili:
    2016
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    XX asr oxirida “axboriy jamiyat” va “axborotlashuv” atamalari nafaqat mazkur soha vakillari, balki siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar va pedagoglar lug’at boyligidan ham mustahkam o'rin egalladi. Ko'p hollarda bu tushuncha fuqarolik jamiyati platformasida yangi evolyutsion odimni amalga oshirib XXI asrga axborotlashgan jamiyat sifatida munosib kirib borish imkonini beradigan axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan uyg’un holda ta'riflanadi. Dunyo yangi davr-axborot asriga, elektron iqtisodiy faoliyat, tarmoq jamoatlari va chegarasiz tashkilotlar asriga qadam qo'ydi. Yangi davrning boshlanishi jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini tubdan o'zgartirishi tabiiy. Bunday o'zgarishlar informatsion dunyodagi inson roliga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Boisi inson jamiyatning axboriy-texnik xususiyatlari yo'nalishiga mos ravishda o'zgarib boradi.