logo
Asosiy
Kutubxona
Er-xotin munosabatlari psixologiyasi
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Referat
    Muallif:
    Ergeshov M
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    «To‘ydan keyin bolamning mehrini birov bilan bo‘lishish – bu dahshat!» Kundalik hayotimizda deyarli har bir yangi oila ona rashki bilan to‘qnashadi. Aslida har qanday ona farzandini o‘zgalardan qizg‘anadi. Lekin bu tuyg‘u ko‘pincha hukmdor tabiatli yoki shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yolmagan, o‘zini faqat farzand tarbiyasiga bag‘ishlagan ayollarda, yolg‘iz onalarda juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular doim farzandini nazorat ostida ushlashga intiladilar va uning oila qurish niyatini vahima bilan kutib oladilar. Chunki bu ona hayotida kuchli raqib paydo bo‘lishini anglatadi va tabiiyki, to‘ydan keyin erkatoyi faqat unga quloq soladigan itoatli o‘g‘il bo‘lmay qolish xavfi taxdid soladi. Xullas onaning bunday xavotirlari bir so‘z bilan «rashk» deyiladi. Kimlardir bunga ko‘nikib, oila inqirozining tomoshabiniga aylansa, yana kimdir isyon ko‘taradi yoki bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlaydi.