logo
Asosiy
Kutubxona
O‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha darsning texnologik xaritasini tuzish yuzasidan namunaviy mashg‘ulot (7-sinflar uchun)
    image
    Daraja:
    Umumiy o‘rta ta‘lim
    Tur:
    Maqola
    Muallif:
    A.Shukurov
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Mavzu: “Matnda shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan foydalanish”. Darsning loyihasi: Ta’limiy maqsad: matndagi shakl¬dosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar haqidagi axborot bilan ishlash, ularni saralash va samarali foydalanish. Tarbiyaviy maqsad: muomala madaniyatiga ega bo‘lish, milliy urf-odatlarga e’tiqodli bo‘lish, o‘zaro kamtarlik xislatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: kognitivlik ko‘nikmalarini oshirib borish, nutqiy kompetensiya(tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)ni rivojlantirish. Vazifalar: o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, kengaytirishga erishish. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarda kompetensiyalarning shakllanganlik holatini tekshirish va ularni baholash. O‘quv jarayonining mazmuni. Matnda shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan foydalanish, nutqning ta’sirchanligini oshirish, berilgan matndan shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni aniqlash.