logo
Asosiy
Kutubxona
Imkoniyati cheklangan bolalarda matematikani o’qitish metodikasi taqdimoti
    image
    Daraja:
    Umumiy o‘rta ta‘lim
    Tur:
    Taqdimot
    Muallif:
    Soliyeva Gulnigor Ummatovna – 106 – sonli zaif eshituvchi bolalar maktab – internatining matematika o’qituvchisi
    Nashr etilgan yili:
    2017
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Kar va zaif eshituvchi o’quvchilar uchun o’quv jarayonini komp’yuter texnologiyalari va innovatsion interfaol metodlar asosida tashkil qilish juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki innovatsion metodlar o’quv materialini oson o’zlashtirilishini va qiziqarli tashkil qilinishini ta’minlaydi, shu bilan birga o’quv jarayonini boyitadi. Ayniqsa, mazkur masala kar va zaif eshituvchi o’quvchilar uchun dolzarb sanaladi. Chunki o’quv materialini qabul qilish ularda cheklangan bo’ladi, ko’rgan narsasini eslab qolish qobiliyati eshitishga nisbatan yaxshi rivojlangan. Ular materialni asosan vizual va sezgi organlari orqali qabul qiladilar. Interfaol usullar esa aynan mana shu pedagogik vazifani amaliy qilish uchun xizmat qiladi.