logo
Asosiy
Kutubxona
O’qish darslarida “Ma’naviyat-qalb quyoshi” mavzusi o’rganish metodikasi (4-sinf).
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Akbarova N
    Nashr etilgan yili:
    2017
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi, 404-guruh bitiruvchisi Akbarova Nigora Shukurjon qizi “O`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganish metodikasi (4-sinf)” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanib, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti, metodologik asosi, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining “4-sinf o`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganishning nazariy asoslari” nomli 1-bobida nazariy ma`lumotlar bilan cheklangan bo`lsa, “4-sinf o`qish darslarida “Ma`naviyat-qalb quyoshi” mavzusini o`rganish darslari va ularni tashkil etish” nomli 2-bobida esa oldingi bobda ilgari surgan fikrlarini darslar misolida, aniqrog`i, malakaviy amaliyot jarayonida o’tkazgan tajriba-sinov ishlarida nazariy jihatdan o’rganilgan muammoni amalda natijalarining tahlilini keltirib bera olgan. Olingan ma`lumotlar asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.