logo
Asosiy
Kutubxona
Ma’naviyatni yuksaltirishda demokratik tamoyillarning o'rni
    image
    Daraja:
    Oliy ta‘lim
    Tur:
    Bitiruv malakaviy ishi
    Muallif:
    Tojiboyev A
    Nashr etilgan yili:
    2017
    Yaratilgan vaqti:
    03.09.2023
    0
    Vatanimiz mustaqilligi yildan-yilga an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni zamon talablari asosida boyitish va rivojlantirish, o’zligimizni anglash, dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallashdek ezgu maqsadimizning amalga oshishida ulkan imkoniyatlarni yaratib kelmoqda. Mustaqillik biz uchun erkin va ozod hayot, mardlik va matonat timsoliga aylandi. Istiqlolni asrash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilish, farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan, har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimizni yuksak intilishlar sari chorlab kelmoqda.