Filtrlar

Islom Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch

Namangan davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi faoliyati


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Toshboyeva M
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
60
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 13:31:59
Biz tanlagan mavzu oliy ta`lim tizimini, xususan ma`lum bir kafedra professor-o`qituvchilar faoliyatini o`rganishni tizimli taxlil asosida olib borilgan ilk tadqiqot ishini amalga oshirganimizda namoyon bo`ladi. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy, uslubiy, ta`lim-tarbiya va tashkiliy ishlar hamda iqtidorli talabalarga berilayotgan e`tibor, erishilgan yutuqlarni o`rganish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzu materiallar asosida kasb-hunar kolleji, o`rta umumta`lim maktabi tasviriy san`at fani o`qituvchilari talaba- yoshlarga tasviriy san`atni o`qitish va targ’ib qilishda o`z o`rniga ega bo`lgan Namangan davlat universiteti tasviriy san`at va muxandislik grafikasi kafedrasi faoliyati yuzasidan ishlab chiqqan uslubiy ko`rsatmamizda hamda ularning boy tajribalarini dars mashg’ulotlari jarayoniga tadbiq qilganlarida o`z aksini topadi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tasviriy san’ati rivoji


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Raximov R
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
94
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 13:28:34
Ushbu bitiruv malaka ishi san’atimizning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyoti tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, mustaqillik yillarida O‘zbekiston san’atida, badiiy-madaniy hayotida kechаyotgan jarayonlar, san’at olamida vujudga kelgan yangi imkoniyatlar, yangi ijod namunalarining mazmun-mohiyati, ilmiy asoslari, hamda zamonaviy ijodiy yo‘nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligi masalalari yoritiladi. Shu bilan birga 1990 – 2017-yillardagi O‘zbekiston tasviriy san’atining rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik turlarida yuz bergan ijodiy-badiiy jarayonlar, yaratilayotgan yangiliklar bayon etilgan.

Umumta'lim maktablarida grafik ta'limni rivojlantirish omillari


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Rahimova N
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
74
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 13:25:59
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risi”dagi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid Farmonlari, pedagogika va uning rivojlanish jarayoni haqidagi, chizmachilik fanining tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ta’limotlar va chizmachilik o’qitishning amaliy va nazariy asoslari tashkil etadi. BMIning natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi umumta’lim maktablarida o’quvchilarning grafik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Bu o’z navbatida, mazmunida grafik ta’svirlar qo’llaniladigan ayrim o’quv fanlarini o’qitish jarayonida grafik ta’limni o’zlashtirish samaradorligini oshirishga oid didaktik ishlanmalar taqdim etishga asos bo’ladi.

Portret kompozitsiysini yaratishda fotodan foydalanish


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
O’rmonova M
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
70
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 13:22:35
Rivojlangan davlatlarning qatorida bo‘lmish, ozod va obod yurtimizni istedod mafkurasidan batamom xalos etish uchun olim va ziyolilarning sayi harakati, keng jamoatchilikni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga safarbar qilinib milliy tiklanish va dunyoga o‘zbek diyorida yashab ijod qilgan juda ko‘p qatog‘on qurbonlarining pok nomlari tiklandi. San’atning barcha barcha turlari qatori tasviriy san’at rivoji – uning dunyo yuzini ko‘rishi uchun ham salmoqli ishlar olib borildi. O‘zbekiston badiiy akademiyasi tashkil qilinib, juda ko‘p yetukli san’at namoyondalari unga a'zo bo‘ldilar. Faxriy akademiya vakillari ham o‘tmishda va hozirda ijod qilgan munosib nomzodlar bilan boyitildi.

Ulug‘bek Boltaboyev ijodining o‘ziga hos hususiyatlari


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Majidova Xusnida
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
69
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 13:19:34
Mavzu materiali boshqa viloyatlarda ham rangtasvir san’atining shakllanishi va rivojlanishini tahlilida, muayyan bir rassom ijodini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, mavzu materiali O‘zbekiston rangtasvir san’atini yanada boyitishiga xizmat qilish bilan birgalikda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy qiyofasini, didini o‘sishiga hamda tasviriy san’at darslarini samaradorligini oshirish xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi davlat xujjatlari, darslik, qo`llanma va rassomning estalik, kundaliklari, qo‘lyozmalari, gazeta va jurnal materiallari tashkil qiladi.

Xonliklar davri O’zbekiston me’morligi


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Ahmedova M
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
76
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 12:53:14
Muqarnaslar Markaziy Osiyo me’morchiligida me’moriy-hajmiy bezak sifatida yuksak darajada shakllangan. Mirzo Ulug‘bek davrining mashhur muhandislaridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiy me’morlar uchun yozgan me’moriy o‘lchov, hisob-kitoblarga bag‘ishlangan risolasida muqarnaslar tuzish qoidalari uchun alohida bob ajratib, muqarnaslarni tashkil etuvchi elementlar, ularning turlari haqida ma’lumot beradi. Muqarnas yasashda miqyos, modul birligidan foydalanib aylanma karnizni toqi ichkarisi qubbani, to‘g‘ri sharafani yasash yo‘llari haqida yozadi. Muqarnaslarning ayrim turlari keyinchalik Boburiylar me’morchiligidagi minoralarda marmar elementlarda qaytarilgan. Mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi davlat hujjatlari, rassomlar ijodi, ko’rgazma va ko’rik-tanlovlarning natijalari, gazeta va jurnallar materiallarini tashkil qiladi.

Тасвирий фаолият машғулотлари орқали болаларни ўқув-билиш жараёнига тайёрлашнинг ўзига хослиги


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Солиев Х
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 12:03:17
Ҳозирги кунда талабаларни илмий фаолиятга тайёрлаш учун уларга назарий материаллар зарур бўлади. Х.Солиев томонидан тайёрланган илмий мақола барча талабалар учун зарур. Тасвирий санъат ва мухандислик графикаси ёўналиши талабалари учун илмий мақолалар фанлардан тайёргарлик кўриш учун, шунингдек, курс иши, битирув малакавий ишини тайёрлаш учун ҳам манба бўлиб хизмат қилади. Ушбу илмий мақолалар талабанинг назарий билимларини мустаҳкамлаш учун зарур. Тасвирий санъат ёўналишлари бўйича илмий мақолалардан барча мутахассислар, талабалар, илмий тадқиқотчилар фойдаланишлари мумкин.

ХХ асрнинг сўнги чорагида Ўзбекистонда аньанавий қўшиқчилик санъати


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Мирабдуллаев М.М
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 11:59:11
Маьлумки, Ўзбекистонда қўшиқчилик доимо икки йўналишда ривожланиб келган: Биринчиси, оғзаки аньанадаги устозона профессионал йўналиш бўлиб, унга мақом қўшиқчилиги, катта ашулачилик, достончилик ёки бахшичилик қўшиқчилиги киради. Булар ҳамиша устоз-шогирд услубида асрлар давомида ривожланиб келган. Иккинчи йўналиш оммавий йўналиш бўлиб, яллачилик, лапар хамда замон талабидан келиб чиқиб яратилган маиший мавзудаги қўшиқлар хисобланади.

Педагогическая культура и развитие личности


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Абдуллаев Ў
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 11:18:04
В статье освещается о вопросе формирования высокой педагогической культуры преподавателя, которая является важным фактором процесса обучения.

Mustaqillik davri O’zbekiston tasviriy san’atida Namanganlik rassomlar ijodining badiiy-uslubiy va kasbiy prinsiplari


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Suyarov N
Yo`nalishi:
Ilmiy-ommabop yoshlar va bolalar uchun
Nashr etilgan yili:
2017
Nashriyot:
Namangan
Sahifalar soni:
110
Yaratilgan vaqti:
2017-11-25 10:44:47
O’zbekistonda tasviriy san’at va dizayn san’atiga oid asosiy adabiyotlar va monografiyalardan foydalangan holda Zamonaviy dizayn san’ati bo’yicha o’rganilgan bir qator monagrafiyalari va alohida ajratib olingan manbalar ilmiy tadqiqot ishining asosiy obyekti hisoblanadi. Dizaynning tarixiy shakllanish va rivojlanish bosqichlari, o’sha davr muhitiga mos buyumlar dizayni. Temuriylar davrida dizayn san’ati. O’zbekistonda zamonaviy dizayn san`atining rivojlanishi, bugungi taraqqiyot davrida dizayn san’atining o’rni va ahamiyati. Milliylikning dizayn san’atidagi zamonaviy talablarini yoritish.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit