Filtrlar

Islom Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch

Jangovar harakatlarda qo‘llanilgan harbiy xiylalar


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Mamamurodov Q.M
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:19:30
Hozirgi taxlikali zamonda bo‘lib o‘tayotgan mahalliy majorolar, mintaqadagi nobarqoror harbiy siyosiy vaziyatni chuqur taxlil qilar ekanmiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish uchun komandirlaridan jasorat, mardlik, qat‘iyatlilik, jangovar tashabbus, nostandart vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilishda harbiy xiylalardan oqilona, to‘g‘ri va o‘z vaqtida tezkor foydalanishni taqozo etadi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida «yosh chegarachilar» klublarining tutgan o‘rni va roli


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
I.V.Xalmirzayev
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:17:44
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida ta‘kidlab o‘tilganidek, “dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo‘lgan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo‘llar bilan singdirishiga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bo‘lgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarimizning roli va o‘rni tobora ortib bormoqda” .

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida «yosh chegarachilar» klublarining tutgan o‘rni va roli


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
I.V.Xalmirzayev
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:17:43
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida ta‘kidlab o‘tilganidek, “dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo‘lgan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo‘llar bilan singdirishiga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bo‘lgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarimizning roli va o‘rni tobora ortib bormoqda” .

Nemis tili darslarida talaffuzni o‘rgatish


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Sh.M Yakubova
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:14:54
Nutq faoliyatining asosiy til materiallari o‘z ichiga fonetik yoki talaffuz, grammatik leksik materiallarini oladi. Keyingi paytlarda orfografiya ham kiritilyapti, lekin u dasturda yo‘q. Til materiallari nemis tilini o‘rgatishda muhim o‘rin tutadi. Ular hamma nutq faoliyatlari uchun asosiy material hisoblanadi. Ularsiz biz nutq faoliyatini egallay olmaymiz, yoki bajara olmaymiz. Til, nutq vositalariga tilning tovush tizimni, ohangini, grammatik tizimini, leksikasini kirgizish mumkin.

Maxsus bo‘linma komandirining axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash masalasi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
F.S.Nizomov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:13:17
Maxsus bo‘linma komandirining axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash va rivojlantirish Qurolli Kuchlar faoliyatini nafaqat tinchlik vaqtida, balki jangovar vaziyatlarda ham ta’minlashning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Jangovar vzvod va guruhlarni har tomonlama puxta tayyorlash borasidagi ishlarni, ushbu bo‘linmalar komandirlariga va butun shaxsiy tarkibning professional tayyorgarligiga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotganini nazarda tutgan holda takomillashtirish zarur” .

Harbiy ta'limda gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va chet tillarini o‘qitish metodikasi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Sh.I. Yertayev
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:11:35
Dariy tili (forsi-ye kobuliy) Afg‘oniston Islom Respublikasining davlat tillaridan biridir. Biz bilamizki, Afg‘onistonda ikkita rasmiy davlat tili - dariy va pushtu tili mavjuddir. Hozirgi dariy tili fors va tojik tillari bilan qarindosh til hisoblanadi. Afg‘onistonda 20 dan ortiq tillar va 200 dan ortiq shevalar mavjud. Mavjud konstitutsiyaga muvofiq, pushtu (afg‘on tili) va dariy (forsi-kobuliy, fors tilining afg‘on shevasi) tillari Afg‘onistonning rasmiy tillari hisoblanadi. Har qanday tilning lug‘aviy tarkibi, uning jami so‘z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. U doimo harakatda va o‘sishda bo‘ladi. Tilning rivojlanish sababi esa, asosan ikki omilga, uning ichki va tashqi o‘sish manbalaridan qanday foydalana bilishga bog‘liq bo‘ladi. Shu jumladan, dariy tili leksikasida harbiy sohaga oid terminologik tizim yuzaga kelgan va u amalda qo‘llanilmoqda. Shu bois dariy tilidagi bor mavjud va yangi kirib kelayotgan harbiy soha terminlarini o‘rganish va ularni kursantlar bilan amaliyotga tatbiq qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.

Harbiy ta'limda fazoviy tafakkur tushunchasining ahamiyati


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
H.J.TO‘XSAYEVA
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:08:37
Yuqori texnologiyalar jadal rivojlanayotgan, turli axborotlar oqimidagi bugungi kunimiz ta'limda yangi sifatdagi talablarni vujudga keltiradi. Vatan himoyasi va kuchli axborotlashgan jamiyat uchun tashabbuskor, ijodkor, nostandart holatlarda to‘g‘ri qaror chiqaradigan, turli hayotiy vaziyatlarda o‘z egallagan bilimlarini mustaqil ravishda qo‘llay oladigan yuqori salohiyatli shaxsni tarbiyalash zarur. O‘zbekiston harbiy ta'lim tizimi ham vaziyatni to‘g‘ri tahlil qila oladigan va oldindan baholay oladigan, faqatgina o‘z harakatlarini emas, balki boshqalarning ham fazoviy borliqdagi harakatlarini to‘g‘ri rejalashtiradigan va korrektirovka qila oladigan, o‘zini anglay oladigan va rivojlantira oladigan shaxsni shakllantirishga qaratilgan.

Harbiy bilim yurtlarida chet tillari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tish texnologiyasi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
S.Z.Mirpayazova
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-05-10 11:06:41
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'lim-tarbiya sohasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirar ekan, unga shunday ta'rif beradi: “Ta'lim O‘zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi” .

Исторические аспекты развития метания ножей


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
А. Хайдаров
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2016-12-06 09:46:18
История возникновения метательного оружия восходит к глубокой древности. Древние египтяне, римляне, индийцы, японцы и китайцы, веками совершенствовали технику использования метательних снарядов. Возможно, прообраз техники метание ножа возник еще в каменном веке, когда первобытный человек оценил эффект от брошенного заточенного каменного рубила, который был гораздо значительнее броска необработанного камня. Постепенно, параллельно с эволюцией человека шла эволюция его вооружения. Человек научился делать и применять в бою короткие копья, специальные топоры, созданные по типу томогавка, каменные и свинцовые шары, используемые пращниками, боевые диски, метательные дубинки (бумеранги), и многие другие виды оружия, в том числе-и ножи. По мнению некоторых авторов, в литературных памятниках практически любого народа можно найти упоминание об использовании метательного оружия. Его популярность объясняется тем, что боевой прием метания ножа дает воину сразу несколько преимуществ: во-первых, при броске проникающая сила клинка значительно превосходит эффективность поражения цели при ударе; во-вторых, поражение цели происходит на расстоянии; и в-третьих, метальщик ножей выигрывает время у противников и может успеть поразить несколько целей до схода в рукопашном бое. Поэтому считается, что многие древние армии содержали отряды специально обученных воинов, забрасывающих в стычках противников боевыми ножами (или кинжалами). Кроме того на испытаниях воинов метание ножа в цель было подтверждением их высшего искуства.

Amir Temur saltanatida xavfsizlikni ta’minlashda razvedka xizmatining o‘rni va roli


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Q.B. Xudayberganov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2016-10-31 19:01:04
O‘tmishdan ma’lumki, buyuk Sohibqiron Amir Temur dunyo tarixida mukammal muntazam armiya tuzish va boshqarishda o‘ziga xos uslubni qo‘llagan. Ayniqsa, Amir Temur harbiy harakatlarni amalga oshirish jarayonda falanga taktikasini qo‘llash orqali jangovar harakatlarni amalga oshirishda razvedka xizmatiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da oltinchi toifa ishonchli, to‘g‘ri e’tiqodli oqilxiradmand kishilarkim, davlat sirlarini ularga ochib, saltanat ishlari bo‘yicha ulardin maslahat olishimga loyiq edilar. Bu toifa kishilar bilan sirdoshlik qilib, o‘z maxfiy ishlarim va pinhoniy sir-asrorlarimni o‘shalarga topshirdim” -, deya alohida ta’kidlab o‘tgan. Shu o‘rinda, Amir Temur saltanatidagi maxfiy xizmati to‘g‘risidagi ko‘pgina qimmatli ma’lumotlar uning zamondoshi Ibn Arabshoh tomonidan bizgacha yetib kelgan.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit