Filtrlar

Islom Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch

Xorijiy tillarni o'qitishda yangi pеdagogik tеxnologiyalarning o'rni


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:41:54
“Ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda mеn jahon tajribasi va qayotda o'zini ko'p bor oqlagan qaqiqatdan kеlib chiqib,agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak,tеz orada hayotimizda ijobiy ma'nodagi “portlash effеkti”ga, ya'ni yangi ta'lim modеlining kuchli samarasiga erishamiz,dеgan fikrni bildirgan edim”-dеydi Prеzidеntimiz I.A.Karimov.

Tarixiy voqea va xodisalar orqali yoshlarni diniy bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalash omillari


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Xolmatov H
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:40:44
Hozirgi kunda Oliy Harbiy bilim yurtlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu ma’naviy ongi yuqori darajada shakllangan harbiy kadrlar etkazib berish maqsadi turibdi. Ma’naviy ongning ajralmas qismlaridan biri bu diniy bag‘rikenglik hisoblanadi. Ma’naviy ongi shakllanmagan shaxsning dunyo qarashi tor va har qanday ta’limot va qarashlar girdobiga tushib qolaveradi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatni parokandalik botqog‘iga etaklovchi omil hisoblanadi.

Ta'lim jarayonlarida muammoli o’qitish usullaridan foydalanishning ayrim nazariy jihatlari


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Raxmatova B.B.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:38:10
Kelajagimizning har tomonlama bilimdon, raqobatbardosh mutaxassis kadrlairini tayyorlash, ularning aqliy salohiyatlaridan unumli foydalanish va yuzaga chiqarish har jihatdan biz o‘qituvchilarning o‘qitish jarayonlarni qanday tashkil etishimiz va qanday sifatiy ko‘rsatkichlarga erishishimiz bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonini ilg‘or pedogogik texnologiyalar bilan qurollantirish, ta’minlashga oid chora-tadbirlar belgilab qo‘yilganligi barchamizga ma’lum. O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishilgan iilk kunlardanoq, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov birinchi navbatda mavjud ta’lim tizimini isloh qilish, mamlakatimiz kelajagini, qudratini ta’min etuvchi barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni zamon talablari asosida tarbiyalab borish g‘oyalarini ilgari surdilar. Chunki har qanday jamiyatning, millatning taraqqiyoti ta’lim tarbiyaning qanchalik to`g`ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan belgilanadi va kafolatlanadi.

So'zning kuchi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Tilavov B
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:37:05
Hayot doimo ochilib yopiladigan turli eshiklar qatoridir. Quvonch, xotirjamlik, salomatlik, farovonlik va mehr eshiklarini ochayotgan paytda o‘zingizni kuzating, shunda hamdardlik, kechirish, ozodlik, o‘z qadrini bilish, o‘zini hurmat qilish nimaligini bilasiz. Siz abadiysiz, tashvish ortidan tashvishlarga tushish holatlaringiz tugamaydi. Hayotda harakatlana turib inson o‘zining xavfsiz ekanligini o‘ziga eslatib turishi zarur. Hammasi o‘zgaradi. Hayotdagi eng muhim qadriyat qo‘lga kirilgani emas, aksincha, insonning qanday shakllangani, kim bo‘lganligidir. Men odatimga ko‘ra hamon o‘rganaman va bu hech qachon tugamasligiga ishongim keladi. Bu saboqlar menga hayotda foydali bo‘ldi

Oliy matematika fanini o‘qitishda interfaol usullarni qo‘llashning ayrim jihatlari


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Yusupova R.M.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:35:43
O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” ta’lim xodimlarining oldiga Respublikamizda mustaqil va ijodiy fikrlaydigan, optimal yechimni tez topa oladigan, muayyan vaziyatni ilmiy asosda tahlil qila oladigan malakali kadrlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani qo‘ymoqda. Bu murakkab va ma’suliyatli vazifani ta’lim muassalari bajarib, ular ichida oliy bilim yurtlari salmoqli o‘rin tutadi. Bu esa oliy bilim yurtlarida o‘quv jarayoni xarakterini zamon talablari darajasiga yetkazish, o‘qitishning yangi interfaol usullarini qo‘llash, zamonaviy pedagogik texnalogiyalar, internet tarmog‘idan keng foydalanish kabi vazifalarni tashkil etilishini taqozo etadi.

O‘qituvchi innovatsion faoliyatining jihatlari va tabiiy-ilmiy fanlarni o`qitishda pedagogik texnologiyalarning tatbiqi


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Xudoyqulova S.I.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:34:22
Barchamiga ma’lumki “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy qilishning ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish pedagogika fanining dolzarb vazifalari sifatida belgilab berilgan.

Motamsaro ona xaykali qoshidagi o‘ylar


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Xolmatov X
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:33:01
Har doim tarix fani darsligini varoqlar ekansiz ikkinchi jahon urushi sahifalariga etib kelganda vujudingizni titroq bosadi. Bu insoniyat tarixidagi eng katta fojea nima sababdan kelib chiqgan va u qaytarilmas ekanmi, degan xayollar ko‘ngildan o‘tadi. Ma’lumki, odamzod o‘zining ongli hayot kechira boshlagan besh ming yillik umrida o‘n to‘rt ming marta urush ko‘rdi, bu urushlarda ne-ne mamlakatlar, ellar, elatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ammo mehnatkash xalq, umum bashariyat bundan zarracha ham naf ko‘rmadi. Aksincha, o‘sha urushlar tufayli er yuzi aholisi vayronalik va azob-uqubat ichida yashadi.

Hozirgi zamon fors tilida xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Yakubov O.A.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:31:35
Fors tiliga kirib kelgan so‘zlarning aniq miqdorini belgilash o‘ta mushkul ish. Chunki bu ish fors tilidagi manbalarni to‘la ro‘yxatga olish va ulardagi mavjud lug‘at birliklarini statistik va etimologik tadqiqotini o‘tkazishni talab qiladi. Tilshunos olim A. Quronbekov o‘zining “Fors tili leksikologiyasi” kitobida yozishicha, hozirgi zamon fors tilining mukammal lug‘atlaridan Ali Akbar Nafisiyning «Farnudsar» lug‘atida 158431 lug‘at birligi ro‘yxatga olingan va unda 99522 lug‘at birligi (63%) arab tiliga oid so‘zlarni tashkil qiladi. Undan tashqari, lug‘atga kirgan turkiy va Yevropa tillaridan o‘zlashmalarni ham hisobga olinadigan bo‘lsa, forscha lug`atning uchdan bir qisminigina tashkil qiladi. Albatta, bu hozirgi zamon fors tili holatini aniq aks ettirmaydi, chunki bu lug‘at birliklarining manbai, uslubiy qatlamlari va statistik ma’lumotlari aniq ma’lum emas

Harbiy Oliy o‘quv yurti kursantlarida “chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini o‘rganishdagi ko‘nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish darajasi


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Ernazarova S.Sh.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:30:28
Muhandislarni shakllantirishda umumpedagogik ijodiy yondashuv tizimidan foydalaniladi. Texnik ma’lumot sifati tushunchasi dastavval yangi texnika ihtiro qilish yo‘lida mutaxassis sifatida ijodiy yondashgan holda masalani yechish, unda yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda loyihalashtirishni maqbul tashkil etish, ishlab chiqish va texnik ob’ektlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ijod - uning mahsuli yangi moddiy va ma’naviy ne’mat yaratish hisoblanadi. Faoliyatning ma’lum bir sohalarini qamrovchi noto‘g‘ri fikrli ijodga ta’luqli (san’at, fan, ixtirochilik), shuningdek noijodiy, oddiy so‘z bilan aytganda ijrochilik faoliyati sohalariga bo‘linadi. Ijodkorlik insondagi omilkorlik, bilim darajasi va o‘zlashtirganligi bilan belgilanadi. Unda ham natija,ham jarayon bo‘lishi lozim, ijodkorlikda qobiliyat va iqtidorning shakllanishi va namoyon qilish bilan ko‘rinadi. Yangilik yaratish shaxsni shakllantiradi va iqtidorligini oshiradi.

Gidravlika va gidravlik mashinalar fanining harbiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish uslubiyoti


  
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Xusanova D.K.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:29:00
“Gidravlika va gidravlik mashinalar” fanini harbiy oliy o’quv yurtlarida kursantlar va talabalar tomonidan o’zlashtirilishini yaxshilash maqsadida ushbu maqolada parallellik, variativ va murakkablikni oshirish uslubiy omillari keltirilgan. Kursantlarga va talabalarga fanni o‘zlashtirish mobaynida quyidagi omillarni qo‘llash tavsiya etiladi: Hozirda oliy harbiy bilim yurtlarida mashg‘ulotlarni olib borishda an’anaviy va noan’anaviy mashg’ulot uslublaridan ma’lum darajada foydalanib kelinmoqda. Bu ikkala uslublarning ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. An’anaviy mashg’ulot muayyan muddatga mo‘ljallangan ta’lim jarayoni bo‘lib, ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan mashg’ulot uslubidir. U quyidagi afzalliklarga ega:
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit