Filtrlar

Islom Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch

Er-xotin munosabatlari psixologiyasi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Ergeshov M
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:27:47
«To‘ydan keyin bolamning mehrini birov bilan bo‘lishish – bu dahshat!» Kundalik hayotimizda deyarli har bir yangi oila ona rashki bilan to‘qnashadi. Aslida har qanday ona farzandini o‘zgalardan qizg‘anadi. Lekin bu tuyg‘u ko‘pincha hukmdor tabiatli yoki shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yolmagan, o‘zini faqat farzand tarbiyasiga bag‘ishlagan ayollarda, yolg‘iz onalarda juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular doim farzandini nazorat ostida ushlashga intiladilar va uning oila qurish niyatini vahima bilan kutib oladilar. Chunki bu ona hayotida kuchli raqib paydo bo‘lishini anglatadi va tabiiyki, to‘ydan keyin erkatoyi faqat unga quloq soladigan itoatli o‘g‘il bo‘lmay qolish xavfi taxdid soladi. Xullas onaning bunday xavotirlari bir so‘z bilan «rashk» deyiladi. Kimlardir bunga ko‘nikib, oila inqirozining tomoshabiniga aylansa, yana kimdir isyon ko‘taradi yoki bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlaydi.

Chеt tillarini o'qitishda grammatikaning ahamiyati


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Ibragimova D.A.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:24:36
O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Chеt tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 10 dеkabrdagi Pq-1875-sonli qarorini bajarish yuzasidan jadallik bilan amalga oshirilayotgan ishlar, barcha ta'lim muassasalari va davlat tashkilotlarining diqqat e'tiborini aynan til o'qitish va o'rganishga qaratdi. Til o'qitishga qaratilgan bunday e'tibor biz, til o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklaydi. Chеt tillarini, ayniqsa dunyo tili dеb topilgan ingliz tilini o'qitishni takomillashtirish va rivojlantirishda zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish (masofali ta'lim, multimеdia va h.k…), samarali o'qitish usullarini ishlab chiqish, til o'rganuvchilarning bilim saviyalarini oshirish talab etiladi. Til o'qituvchilarining oldiga qo'yilgan talablarni bajarish uchun esa ilmiy yondashuv zarur bo'ladi. Shu nuqtai nazardan, til o'qitishdagi ko'rinmas ammo yashirin nozik jihatlarga e'tibor qaratishimizga to'g'ri kеladi. Til o'qitish jarayonida kеng qo'llaniladigan ko'plab turli samarali usullar mavjud. Tilshunoslarning fikricha mukammal o'rganilgan tilning asosi grammatikadir. Til o'rgatishda biz grammatik ma'lumotlarni yopiq (covert) usulidan, ba'zilarida esa ochiq (overt) usulidan foydalangan holda zaruriy grammatik qoidalarni yеtkazishga xarakat qilamiz. Bu ikki usul o'rtasidagi farq nimadan.

«Mashina detallari» fanidan kurs loyihasini bajarishda kompyuter grafikasini qo‘llash uslubiyoti


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Abdusattarov N.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:23:23
Ma’lumki, hozirgi zamonda, sanoat ishlab chiqarishi va ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini maqsadli qo’llash odat tusiga kirgan. Bu albatta fanni o’zlashtirish sifatini oshiribgina qolmay, balki fanni o’zlashtirish jarayonini jadallashtirishi amalda isbotlangan. Ana shularni inobatga olgan holda hamda kompyuter grafikasini ta’lim jarayoniga qo‘llash vazifasining dolzarbligidan kelib chiqib, ushbu maqolada «Mashina detallari» fani bo‘yicha bajarilajak kurs loyihasiga tegishli chizma-grafik va hisob ishlarini bajarishda kompyuter grafikasining KOMPAS-3D-avtomatlashtirilgan loyihalash tizimidan foydalanish taklif etiladi.

БУК-M1, M2, M3 o’ziyurar zenit raketa komplekslari xaqida umumiy ma’lumotlar


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
U.K.Azizov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:21:50
«Бук» (indeks GRAU — 9K37, AQSh MV va NATO kodifikatsiyasi bo’yicha — SA-11 Gadfly (angl. ovod) va uning modifikatsiyasi – o’ziyurar zenit raketa kompleksi, intensiv radioqarshilik sharoitlarida past va o’rta balandliklarda (30 m dan 14-18 km gacha) manyovr qiladigan aerodinamik nishonlar bilan kurash uchun mo’ljallangan.

DINGO 2 askarlarni minalardan himoyalovchi jangovar mashina


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
B.F. To’raev
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:20:34
Cheksiz pistirmalar, chakalakzorlardagi janglar, reydlar va tumanlarni nazorat qilish uchun kurashlar o‘zining ballistik oqibatlarni portlashlar va oskolkalar kurinishida namoish etib keldi. Biroq o‘shbu operatsiyalar o‘tkazilishi harbiy texnikalarni ishlab chiqish strategiyasini o‘zgarishiga olib keldi. Misol uchun Iroq va Afg‘onistonda tahdidlarning rivojlanishi kuydagicha aniqlanadi: • birinchisi MRAP tag qismini shikastlovchi barcha turdagi mina va ko‘milgan snaryadlardan iborat; • ikkinchidan shaharda harakatlanganda va ob’ektlarni qo‘riqlashda tankgga qarshi qo‘l grantameti RPG hujumi ehtimoli mavjud. Texnik javoban bunga temirdan tayyorlangan reykalar, panjaralar va boshqa shunga o‘hshash qarorlar statsionar himoyadir. Ushbu texnologiya yordamida bir nechta tankgga qarshi qo‘l grantameti RPG hujumi qaytarilgandan keyin isyonchilar boshqacha yulini izla boshlashdi.

Havo-dеsant tеxnikalarini zamonaviy janglarda qo’llanilishi


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
A.A. Mirzarahimov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:19:04
Parashyut yordamida shaxsiy tarkibni etkazish usullari aviatsiyaning rivojlanishi bilan bog’liq. Ayrim davlatlar 20-asrning boshlarida parashyut yordamida bo’linma va qurol- aslaxalarni biron bir hududga etkazish va ushbu usul bilan qo’shinlarning tеzkorligini va jangovar salohiyatini oshirish mumkinligini tushunib etgan. Shuning uchun har bir davlat o’zining qurolli kuchlar safida parashyut dеsant qo’shinlarini tuzishni boshlagan. Bunday bo’linmalar bajarish vazifasidan kеlib chiqqan xolda mavjud qurol-aslaxa bilan qurollanganlar. Havo-dеsant qo’shinlarini ommaviy ishlatilishi 2chi jahon urushida kеng qo’llanilgan. Urush tugatilishi bilan barcha davlatlar o’zida mavjud qo’rol-aslaxa va tеxnikalarning takomillashtiruviga va yangi na'munalarni ishlab chiqishga kirishgan, havo-dеsant qo’shinlari ham bundan mustasno emas. Biroq uchish apparatlar toifasiga vеrtolyotlarni kirib kеlishi bilan, parashyut yordamida qo’shinlarni dеsantlashtirish usullarini qo’llash nomaqbul bo’lib qolganday edi. Chunki vеrtolyotlarga samolyotga uxshab maxsus tayyorlangan uchish va qo’nish yo’laklari yoki maydonlar kеrak bo’lmasligidadir, ular har qanday hududga uchib borishi va usha joyda o’ziga joy tanlab qo’nishga kodirligidadir. Undan tashqari o’tgan asirning 60chi yillaridan buyon olib borilgan urushlarda parashyut yordamida ommaviy shaxsiy tarkibni jang maydonlariga etkazish usuli sanoqli holatlarda ko’rib chiqish mumkin

Boshqariladigan yuk parashyut sistemalari


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
A.A. Mirzarahimov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:17:44
Barcha yo’nalishlar rivojlanishi tez suratlarda o’sib borish jarayonida, havo-desant texnikalarining rivojlanishi ham doimiy ravishda olib borilmoqda. Shaxsiy tarkib va texnikalarni parashyut yordamida desantlashtirish uchun yangi turdagi parashyut tizimlarini yaratilishi va ularning imkoniyatlari hozirgi zamon urush talablariga javob beradi. Bunday imkoniyatlardan biri bu shaxsiy tarkibni maksimal balandliklardan va belgilangan hududan ma'lum uzoqlikda desantlashtirilishi. Bular birinchidan yashirinlik va tezkorlik imkonini yaratadi, ikkinchidan uchish vositalarini havo hujimidan mudofaa qo’shinlari tomonidan urub tushurish imkoniyatlarini pasaytirishidadir. Shuningdek dushman tomonidan qo‘nish maydonchalarini aniqlash yoki umuman desantlashtirish amalga oshirilganligidan bexabar qolishidadir.

Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
F.Sulaymonov
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:15:30
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak. Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.

Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektron pochta


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Sh.Oymatova.
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:14:13
Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo‘lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo‘yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterni xotirasi qancha katta bo‘lmasin ish faoliyatimizda ishlashimiz bo‘lgan barcha axborotni unga sig‘dirib bo‘lmaydi. Biror axborot zarur bo‘lib qolgan vaqtida axborot tashuvchi vositalarni ko‘tarib yurish ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish taklif qilinadi.

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish


 
- 0 +
Daraja:
Oliy ta‘lim
Muallif:
Bekmuratova U.B
Nashr etilgan yili:
Yaratilgan vaqti:
2017-07-27 19:13:13
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit