Filtrlar

Islom Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch

Mehrobdan chayon


  
- 2 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2019-01-07 10:47:41
Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lg‘an Xudoyorning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand — kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi ro‘monning mavzu’idir. Xudoyorning bu yo‘ldag‘i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg‘ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanligi mundarija sig‘dirg‘an qadar bayon qilinadir. Bular ro‘monning nomarg‘ub — manfiy qahramonlari.

Yulduzli tunlar


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2019-01-04 13:02:09
Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.

Yodgor


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2019-01-04 12:58:03
«Yodgor» qissalarida tasvirlangan ayol qahramon obrazi orqali ma’naviy buzilish sharqona axloq me’yorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Besh bolali yigitcha


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2019-01-04 12:51:39
“Besh bolali yigitcha” - ajoyib asar. Urush davridagi bolalik haqida kam yozilmagan. Men buning salbiy jihatini ko'rmayman. Yeryuzida o'zining bolaligini yodga olmagan yozuvchilar deyarli yo‘q. Endi esa bu bilan zamon mashg'ul - adabiyotga shunday odamlar kirib kelishdiki, ularning bolaligi, o'smirligi urushga to‘g‘ri kelgan, aniqrog'i, urushning og'ir ko'lankasi ularning bolaligi, o‘smirligi, yoshligiga soya solgan. Buni qalamda aks etgan urush davridagi bolalik xotiralari bilan izohlash mumkin.

Quyonlar saltanati sarguzashtli roman


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2019-01-04 12:48:12
Bolalar adabiyotining chinakam fidoiy ijodkori Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi tuhfasi ham o‘ziga xos badiiy qimmatga sazovor asar, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ikki yosh o‘spirin yigitning orzulari, ularni tengdoshlaridan ajratib turadigan fazilatlari, qalamga olingan har bir voqea-hodisaning zamiridagi yaxshilikka, ezgulikka undash istagining mavjudligi, o‘ylaymizki, bu gal ham kitobsevar muxlislarimizni quvontiradi.

Sariq devni minib


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2018-12-27 17:29:43
Sariq devni minib sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo`lib, ularning sevimli kitoblaridandir. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo`l halol mexnat,yaxshi xulq va qunt bilan o`qishga ekanligi ta'kidlanad

Eshiklar ochiq


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2018-12-27 17:23:33
Mamatqul Hazratqulov 1947 yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Mingbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1964 yilda o‘rta maktabni bitirib, ToshDUning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. Uning dastlabki mashqlari talabalik yillarida e’lon qilingan. Hozirgacha «Oq qush» (1981), «Cho‘li iroq» (1983), Hayotning bir parchasi» (1983), «Intizor» (1985), «Quyosh men tomonda» (1986), «Qo‘zichoqning ko‘z yoshlari» (1987), «Jur’at» 1988), “Eshiklar ochiq» (1995) kabi hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Sharq yulduzi», «Yoshlik», «Zvezda vostoka» jurnallarida bir necha hikoya va qissalari bosilgan. Mehr ko‘p ko‘rguzdim» (1985), «Mehmon» (1986), «Qadrim» 1992), «Afandining yangi sarguzashtlari» (1993) nomli qissalari Respublikamizning markaziy va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan. Bir necha telepesalari televideniya orqali namoyish qilingan.

Layli va Majnun


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2018-12-27 16:30:29
«Layli va Majnun» Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan. Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy an`anani davom ettirib, bu mavzuda asar yozgan salaflarini chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Ulardan farqli o`laroq asarini turkiyda. yozganini alohida ta`kidlaydi.

Kuntug'mish


  
- 1 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2018-12-27 16:13:26
Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda ko‘p. Darhaqiqat, “Kuntug‘mish” dostoni o‘zbek xalq dostonlari orasida g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil ko‘rinishdagi variantlari ko‘pligining boisi shundaki, ilgari baxshilaming iste’dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntug‘mish” dostonini to‘la o‘zlashtirishga intilganlar.

Galatepaga qaytish


  
- 0 +
Daraja:
Maktabdan tashqari ta‘lim
Yaratilgan vaqti:
2018-12-27 15:37:02
Galatepaga qaytish qissasi sho‘ro davrining so‘nggi yillarida o‘zbek ziyolilari ongida ro‘y bergan ijtimoiy-psixologik evrilishlarni aks ettirganligi bilan qimmatli. Qissadagi Toshpo‘lat G‘aybarov va uning do‘sti Samad obrazlari davr ziyolilarining ikki xil tipi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit