logo
Асосий
Кутубхона
Mantiqut-tayr. Farididdin Attor
    image
    Даража:
    Умумий таълим
    Тури:
    Асар
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    «Mantiq ut-tayr» — Attorning eng mashhur masnaviysidir. Asar bir hikoyat bilan hoshiyalanib, orada yana ko‘p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli Muhammad yoxud Ahmad G’azzoliyga nisbat beriladigan «Risola ut-tayr»ga borib taqaladi. Ibn Sinoning ham «Tayr qissasi» tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga — jaziraga borishga ahd qilishadi. Yo‘lda ularning ko‘pi halokatga uchraydi. Yo‘lning oxiriga yetganlari - Anqoga: «Seni o‘zimizga podshoh saylash uchun keldik», deydilar. Anqo istig‘no ko‘rsatib, podshoh bo‘lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va “Kelgan joylaringizga qayting”, deb buyuradi. Nihoyat ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi. Attor bu hikoyani ko‘pgina tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud bilan suhbatlarida Attor husni ta’lil san’atidan foydalanib, g‘oyat yangi bir tarzda tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifodalaydi. Bundan boshqa, Anqo ismi o‘rniga shoir Simurg‘ ismini qo‘yish bilan «tajnisi murakkab» san’atidan foydalanib, «man a’rifa nafsaxu faqad a’rifa rabbahu» so‘zining ma’nosini go‘zal bir tarzda anglatgan (Kim o‘zligini bilsa, Allohi taoloni ham biladi). Simurg‘ni izlab kelgan qushlardan 30 nafari omon qoladi va oxiri «Simurg‘» (30 qush) o‘zlari ekanini anglab yetadilar. Boshqacha aytganda, odamlarning umr bo‘yi izlagan orzusi ularning o‘z qalbidadir. Gulshanriy 717-hijriyda «Mantiq uttayr»ga bir nazira yozgan bo‘lib, undan bizgacha kattagina parcha yetib kelgan. (Qarang: F. Teshner. Das futuvvat kapitel in Gulshexris alt osmanissher Barbeytug fon Atgars Mantiqut-tayr. (Olmoncha.) Turk adabiyoti namunalari. Istanbul, 1926).