Даража:
Олий таълим
Тури:
Магистрлик диссертацияси
Муаллиф:
Tojiboyev B
Нашр этилган йили:
2019
Яратилган вақти:
03.09.2023
Jahon miqyosida fizik va biologik sistemalarning termodinamik xossalarini o`rganish uchun olib borilayotgan ko`plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasida vujudga keladigan muammolarning yechimlari aksariyat hollarda Gibbs o`lchovlari nazariyasi masalalariga keltiriladi. Klassik statistikaning doimiy harorat saqlanadigan va atrof-muhit bilan issiqlik muvozanatida bo`lgan sistemalari uchun amerikalik olim Dj.U.Gibbs tomonidan kanonik Gibbs taqsimoti yaratilgan. Gibbs taqsimotlarini o`rganish fanning fizika, biologiya, xizmat ko`rsatish va ma`lumotlar nazariyasi kabi yo`nalishlari hamda statistik mexanikaning turli modellari uchun faza almashishlar nazariyasining muhim vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.