logo
Асосий
Кутубхона
Reaktiv quvvat manbalarini himoya va avtomatikasini takomillashtirish
    image
    Даража:
    Олий таълим
    Тури:
    Магистрлик диссертацияси
    Муаллиф:
    Qoriev Feruz
    Нашр этилган йили:
    2014
    Яратилган вақти:
    03.09.2023
    0
    Hozirgi tez taraqqiy etib borayotgan davlatimizni asosiy muammolaridan biri bu har bir tur energiyadan, ayniqsa elektr energiyasidan samarali foydalanish va elektr qurilmalaridan samarali foydalanishni tashkil etishdir. Elektr energiya bu o'ziga xos mahsulotdir. Elektr energiya iste‘molchilariga ta‘sir qiluvchi turli omillaridan elektr energiya sifati kelib chiqadi. Keyingi yillar davomida elektr energiyani sifatini oshirishga va iste‘molchilar elektr energiyasidan samarali foydalanishini tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda. Elektr energiya sifatini oshirishga iqtisodiy, matematik va texnik nuqtai nazardan qaralmokda. Iqtisodiy nuqtai nazardan elektr ta‘minot tarmoqlarini elektr energiyadan sifatsiz foydalanish oldini olish usullarini hisoblashni o'z ichiga oladi. Matematik nuqtai nazardan elektr energiya sifatini u yoki bu usullarda oshirishni hisoblash asoslarini ko'rsatib beriladi. Texnik nuqtai nazar texnik vositalar va elektr energiya sifatini yaxshilash tadbirlarini, hamda boshqaruv va nazoratni tashkil etish tarmog'ini o'z ichiga oladi.