Ислом Каримов ЮКСАК МАЪНАВИЯТ – ЕНГИЛМАС КУЧ

Garanglar

Маълумот даражасиМактабгача таълим
ТурЭртаклар
Тавсиф(Qoraqalpoq xalq ertagi) Burungi zamonda bir garang yashagan ekan. Uning oltita echkisi bo‘lib, ularni sotish uchun bir kuni bozorga haydabdi. Bozorga kelayotib, dam olish uchun o‘tiribdi-da, uxlab qolibdi. Uyg‘onib qarasa — echkilari yo‘q! U tepaning boshiga yuguribdi, bu tepaga yuguribdi, ammo echkilaridan darak topolmabdi. Shunda garang o‘zicha yig‘lab: «Echkilarim ichida siniq mo‘g‘izli ola echkimning suti ko‘p edi, topib berganga shuni sadaqa qildim!» — debdi. U yugurib-yugurib, qo‘sh haydayotgan dehqonga duch kelibdi. Unga: — Echkilarimni ko‘rdingmi? Oltita edi, bozorga haydab ketayotib, yo‘lda uxlab qolibman, echkilarim uloqib ketib qolibdi, ko‘rgan bo‘lsang, ayt, bir echkimni senga beraman! - debdi.
ТилЎзбек тилида (лот.)
Хато тўғрисида маълум қилиш Транслит